Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel G20’da Tramp va Si Tszinpin bilan uchrashuvlarni bekor qildi
Foto: picture alliance / MAXPPP
Germaniya kansleri Angela Merkel Argentinadagi G20 sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy yetakchisi Si Tszinpin bilan rejalashtirilgan uchrashuvlarni bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti Germaniya vazirlar mahkamasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, uchrashuvlar bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.
«Uchrashuvlar hozircha sammitga yetib kela olmagan kanslerning yo‘qligi tufayli bekor qilindi», - deya izoh berishgan matbuot xizmatidan.
Shu bilan birga, hukumat Tramp va Si Tszinpin bilan uchrashuvlar keyinroq o‘tkazilishi mumkinligini istisno qilmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Merkelning samolyoti texnik nosozlik sababli ortga qaytarilgani, kansler G20 sammitining birinchi kunini o‘tkazib yuborishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:21 / 21.11.2025
G20 JARda: sammit Tramp, Si va Putinsiz start olmoqda
20:58 / 13.11.2025
Tramp va Putin ortidan Si ham G20 sammitiga borishdan bosh tortdi
12:24 / 08.11.2025
Tramp JARdagi G20 sammitiga boykot bilan tahdid qilmoqda
22:06 / 02.12.2024