Bojxonachilar “tranzit operatsiyasi”ni fosh etib, qonunbuzardan 1 milliard so‘m undirishdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Tranzit operatsiyasi” fosh etildi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Kuni kecha Xitoydan Turkmanistonga yo‘l olgan yuk avtotransport vositasi tranzit tarzida o‘tish uchun Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama” chegara bojxona posti orqali respublikamizga kirib keladi.
Mazkur avtotransport yukxonasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 milliard so‘mdan ortiq 13 nomdagi xalq iste'moli tovarlari ortilgan bo‘lib, transport vositasi “Yallama” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan belgilangan tartibda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara-bojxona postiga yo‘naltiriladi.
Shu tariqa, Buxoroga yo‘l olgan avtotransport vositasini boshqarayotgan qo‘shni davlat fuqarosi B.K. kutilmaganda to‘g‘ri yo‘l qolib, Samarqand tumanidagi mahallaga yo‘l oladi. Bu yerda esa uni fuqaro S.Yu. “intiqlik” bilan kutayotgan edi.
Jinoiy rejaga binoan fuqaro S.Yu. va boshqalar o‘zaro til biriktirgan holda parrandachilik sexlaridan birida avtotransport vositasidan plomblarni buzgan holda yukxonadagi tovarlarni o‘zboshimchalik bilan tushirishadi.
O‘rniga bojxona to‘lovlari xalq iste'mol tovarlariga nisbatan past bo‘lgan boshqa tovarlarni ortishadi.
Shu tariqa yuklari almashtirib qo‘yilgan avtotransport vositasi qo‘shni davlatga chiqib ketish uchun “Olot” chegara bojxona postiga yetib borganida, jinoiy guruhning qing‘ir qilmishlariga nuqta qo‘yildi.
Fuqaro S.Yu.dan jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning 1 mlrd so‘mi undirildi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlariga yuborildi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
12:21 / 11.10.2024