Jahon | 11:04 / 02.12.2018
12236
2 daqiqa o‘qiladi

Alyaskadagi zilzila oqibatida ko‘plab binolar vayron bo‘ldi

Foto: REUTERS/Nathaniel Wilder

Alyaskadagi kuchli zilziladan so‘ng ko‘plab uylar va binolar vayron bo‘ldi, deb xabar berdi Ankorij shahri politsiyasi.

"Ko‘plab uylar va binolar hamda suv va gaz quvurlari vayron bo‘ldi", deyiladi hisobotda.

Foto: AP Photo / Mike Dinneen

Juma kuni Ankorij shahri yaqinida 6,6 — 7,2 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bunday ko‘rsatkichli zilzila juda kuchli hisoblanadi, ammo zilzila o‘chog‘i 35 kilometr chuqurlikda bo‘lgani uchun jiddiy vayrongarchilik keltirib chiqarmagan.

Foto: AP

KTVA telekanali hozircha qurbonlar haqida ma'lumot yo‘qligini bildirgan.

Alyaskadagi zilziladan so‘ng Donald Tramp shtatda favqulodda vaziyat joriy etdi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid