Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Britaniya F-35 tufayli urishib qolishi mumkin
Foto: REUTERS
Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar F-35 qiruvchisi bilan bog‘liq vaziyat atrofidagi bahslar tufayli jiddiy ravishda yomonlashishi mumkin. Bu haqda Sky News xabar tarqatdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, britaniyalik harbiylar Amerikaning F-35 qiruvchisini sotib olish dasturini o‘zgartirmoqchi.
Ta'kidlanishicha, Britaniya faqat dengizda joylashtiriluvchi 138ta qiruvchi o‘rniga A turidagi F-35’ni ham sotib olmoqchi (yer ustida joylashadi).
Shu bilan birga, mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday qadam mamlakatning aviatashuv dasturiga putur yetkazadi hamda Buyuk Britaniyani Qo‘shma Shtatlar ko‘z o‘ngida «xoinga» aylantiradi.
Telekanalning qayd etishicha, AQSh Britaniya harbiy-dengiz kuchlarini o‘ziga teng kelishi mumkin bo‘lgan yagona flot, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlari tufayli S-400’ni sotib olgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:42
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
09:26
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
08:23 / 04.05.2026