Jahon | 16:16 / 12.11.2018
16565
3 daqiqa o‘qiladi

OAV: Hindiston geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlari tufayli S-400’ni sotib oldi

Foto: Aleksey Malgavko/RIA «Novosti»

Oktyabr oyida Hindiston va Rossiya RFning «Triumf» S-400 zenit raketa majmuasini 5,43 mlrd dollar evaziga yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi, bu SSSR parchalanib ketganidan so‘ng qurol sotishda rubl ekvivalentidagi birinchi eng yirik kelishuvga aylandi, deb yozmoqda The National Interest.

Xususan, 6 oktabrda e'lon qilingan, beshta S-400 ZRMni xarid qilish bo‘yicha bitim natijasida Hindiston Xitoydan keyin AQSh tomonidan sanksiyalar tahdidiga qaramay, «Triumf» tizimlarini sotib olishga qaror qilgan ikkinchi davlatga aylanadi. Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi tegishli shartnomani imzolagandi.

Nashrning ta'kidlashicha, Hindiston o‘z qarorida qator iqtisodiy va strategik jihatlardan kelib chiqqan. Birinchi omil shundan iboratki, Hindiston qurolli kuchlarida sovet ittifoqi texnikasining bir qismi bor, shuning uchun rus harbiy texnikasini Hindiston armiyasi infratuzilmasiga integratsiyalashtirish «oson va arzonroq», deb yozadi jurnal. Geosiyosiy jihatdan Nyu-Dehli Pokiston va Xitoyga qarshi ikki frontda urush olib borish tahdidini bosib turishga intilyapti, deyiladi materialda.

Rossiyaning S-400 ZRM hattoki AQShning F-35’iga o‘xshash beshinchi avloddagi ko‘rinmas-samolyotlarga qarshi kuchli havo mudofaasi vositasi hisoblanadi, deya qayd etadi nashr.

Ta'kidlanishicha, Vashingtonda Hindiston tomonining S-400’ni sotib olish to‘g‘risidagi qarori yomon kayfiyat bilan qabul qilindi, bu Qo‘shma Shtatlar hamda Rossiya o‘rtasida keskinlik ortib borayotgan sharoitda sanksiyalar joriy etilishi bo‘yicha tahdidlarga sabab bo‘ldi. Bitimdan oldingi bir necha oy ichida AQSh Hindistonni Rossiya qurollarining sotib olinishi «Amerika dushmanlariga qarshi sanksiyalar orqali kurashish to‘g‘risidagi qonun» CAATSA doirasiga tushishi mumkinligi bilan ogohlantirdi. Biroq, hozirgi vaqtda Vashington Nyu-Dehliga nisbatan qandaydir choralar joriy etilishi haqida ma'lumot bermadi, deya xulosa qilgan jurnal.

Mavzuga oid