“Soyuz-FG” raketasi oktabrdagi falokatdan keyin ilk bor XKSga uchirildi
11 oktabrda “Soyuz-FG” raketasi bilan yuz bergan falokatdan keyin yangi ekspeditsiya ekipaji Xalqaro koinot stansiyasi tomon “Soyuz MS-11” kemasida jo‘nadi. Kema “Soyuz-FG” raketasida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan. “Soyuz”ning XKS bilan tutashishi 3 dekabr Toshkent vaqti bilan soat 22:35da yuz berishi kerak.
XKSga “Roskosmos” fazogiri Oleg Kononenko, NASA va Kanada kosmik agentligi astronavtlari Enn Makkleyn va David Sen-Jak yo‘l oldi. Ular ichidan eng tajribalisi hisoblangan Kononenko XKSga 4 marta yo‘l olmoqda, bu parvoz Makkleyn va Sen-Jak uchun esa birinchisi hisoblanadi. Fazogirlar XKSda 194 kun qolishlari rejalashtirilgan.
Raketaning uchirilishi ortidan “Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin, NASA vakili Uilyam Gerstenmayyer va Kanada general-gubernatori, sobiq astronavt Jyuli Peyyett kuzatishgan. XKSning yangi tarkibi stansiyada bo‘lganda ko‘plab ishlar va 48 ta ilmiy tajribani amalga oshiradi.
Stantsiyada yangi ekipajni rossiyalik fazogir Sergey Prokopev, nemis astronavti Aleksander Gerst va amerikalik ayol astronavt Serina Aunyon kutmoqdalar.
Dastlab ushbu ekspeditsiya parvozi 20 dekabrlarga belgilangandi, biroq 11 oktabrdagi falokatdan keyin uni oldinroq – 3 dekabrda o‘tkazishga qaror qilindi, chunki o‘sha ekspeditsiya XKSga yetib bormagan. “Soyuz-FG” raketasi “Soyuz MS-10” kemasi bilan 11 oktabrda start olgandan ko‘p o‘tmay falokatga uchragan. Unda rossiyalik va amerikalik fazogirlar Aleksey Ovchinin va Nik Xeyg bo‘lgan. Ular falokat sababli stansiyaga yetib borishmagan va startdan 20 daqiqa o‘tib yerga qo‘nishgan.
Mavzuga oid
17:29 / 15.10.2024
XKS uchun o‘rinbosar: AQSh kompaniyasi yangi kosmik stansiya loyihasini taqdim etdi
16:15 / 12.09.2024
«Soyuz MS-26» kemasining Rossiya va AQShdan bo‘lgan ekipaji XKSga yetib bordi
14:22 / 28.06.2024
SpaceX XKSni orbitadan olib chiqish uchun apparat quradi
08:40 / 07.06.2024