Sport | 15:00 / 03.12.2018
7301
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik taekvondochilar xalqaro turnirda 45ta medal olishdi

29 noyabrdan 3 dekabrgacha Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo (ITF) bo‘yicha kadetlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon kubogi o‘tkazildi.

Xalqaro turnirda 18 davlatdan kelgan 2 ming nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston Taekvondo ITF assotsiatsiyasi rahbari Laziz Hasanov rahbarlik qildi.

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 53 nafar taekvondochi 18tadan oltin va bronza, 9 kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ma'lumot uchun, 8-9 dekabr kunlari Toshkentda taekvondo ITF sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi, tadbirda Xalqaro Taekvondo ITF prezidenti hamda IMGS Butun jahon yakka kurash va jang san'ati prezidenti ishtirok etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid