Jahon | 16:01 / 04.12.2018
3827
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada yoqilg‘iga soliqlarning oshirilishi taqiqlanadi

Foto: AFP

Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp yoqilg‘iga soliqlar oshirilishiga moratoriy e'lon qilish niyatida. Bu haqda Le Monde o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.

Nashr Fransiya hukumati moratoriyni aynan qachon joriy etishni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq, hukumatning yoqilg‘iga soliqlarni sezilarli darajada oshirish rejalari tufayli Fransiyada katta norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda ulardan yetkazilgan zarar miqdori 3-4 mln yevroga baholanmoqda. Shuningdek, politsiya bilan to‘qnashuvlar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Parijda politsiya va «sariq jiletlar» o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangani, namoyishlar uch haftadan beri davom etayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid