Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda politsiya va «sariq jiletlar» o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Namoyishlar uch haftadan beri davom etmoqda
1 dekabr kuni Parijda politsiya va yoqilg‘i narxlarining ko‘tarilishiga qarshi bo‘lgan «sariq jiletlar» o‘rtasida yangi to‘qnashuvlar ro‘y berdi.
VIDEO: On a third day of unrest, clashes between "yellow vest" protesters and riot police break out on the Champs-Élysées in Paris pic.twitter.com/WJUjgTPrW7
— AFP news agency (@AFP) December 1, 2018
Politsiya olomonga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘lladi. Namoyishchilar politsiyachilarga sariq bo‘yoqlar otishgan. 60 kishi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Reuters.
To‘qnashuvlar namoyishlarning rasmiy boshlanishidan avval yuz berdi, deb yozmoqda BBC News. Namoyishchilar Yelisey maydonlariga kirishni to‘sib qo‘ygan barrikadalarni olib tashlashga urinishdi.
Fransiyada noyabr oyi o‘rtalarida yuz minglab odamlar ishtirokida «sariq jiletlar» namoyishlari boshlandi. Faollar benzin narxlarining ko‘tarilishiga qarshi chiqib, yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi. Namoyishlar paytida ikki kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026