Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml AQSh bilan muloqot o‘rnatish uchun «uy vazifasi» haqida ma'lum qildi
Foto: REUTERS
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirishicha, RF va AQSh «uy vazifasi» bajarganiga qaramasdan, har ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi shakllanmayapti. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida muloqot o‘rnatish bo‘yicha rejalar bir necha bor «so‘nggi lahzada qayta ishlandi».
«Muloqot chindan ham yaxshi shakllanmayapti. Bu, aytaylik, ma'lum bir rejalar, har ikki tomon ham uy vazifasini bajarganiga qaramay kuzatilyapti», - deya ta'kidlab o‘tdi Peskov.
Prezident matbuot kotibining qayd etishicha, Kreml shu munosabat bilan afsuslanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh elchisi Rossiya fitnalardan voz kechmasligi, Polsha ruslar tajovuzidan himoya qiluvchi qo‘rg‘on ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
15:42 / 07.02.2026
Estoniya Rossiyadan urush ishtirokchilarini Shengenga kiritmaydi
14:18 / 07.02.2026
Rossiya aviachipta bron qilishning Leonardo tizimini milliylashtirmoqchi
14:14 / 07.02.2026