Nega deysizmi? Bilim uçun poydevorni maktabda muallim qöyadi, u göyoki me'mor, bezakçi, bolani töğri yölga boşlovçi mutaxassisdir.  Muallim öz kasbining ustasi bölsa, ta'lim sifati ham ösadi.

Ammo tasavvur qiling: bolaning xotiri parişon, tuşkun kayfiyatda ötirsa-yu, öqituvçi ming jonini koyitganidan nima naf? Fanlardan özlaştirişi past bölgan öquvçining muvaffaqiyatsizligiga faqat öqituvçi aybdor emas. 

Öquvçidagi bunday holatga, aksariyat hollarda, oiladagi tuşunmovçiliklar ham sabab böladi. Bola ota-onasi bilan yaxşi munosabatda bölib, ertalab yaxşi kayfiyatda uydan çiqsagina, darsga çin ma'noda quloq soladi. Demak, ta'lim sifatini oşirişda ota-onaning ham iştiroki muhim va bu iştirok ota-onalar majlisida hozir böliş bilan ado etilmaydi.

Xalq ta'limi vazirligi BMTning Narkotik moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda umumta'lim maktablarda joriy qilayotgan «Baxtli maktab» loyihasi ham şu maqsadga qaratilgan. Loyihaning maqsadi — öquvçining oilasi bilan munosabatini yaxşilaş, bu orqali uning ruhiyatida ijobiy özgariş yasab, ta'lim jarayoniga bölgan rağbatini oşiriş.​ «Baxtli yaşa, baxt ila ta'lim ber, baxt bilan işla, baxt bilan öqi, baxt ulaş» şiori ostida iş olib borayotgan mazkur loyiha 10-14 yoşdagi maktab öquvçilarini qamrab oladi. Loyiha 4 bosqiçda amalga oşiriladi:

Har bir hudud böyiça (12 viloyat, Toşkent şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasi) bittadan — jami 14ta tayanç-trener maktab tanlab olinadi.

Tanlab olingan maktablardan 4 nafardan mutaxassis (Ma'naviy va ma'rifiy işlar böyiça direktor örinbosari, maktab psixologi, yoşlar yetakçisi va jismoniy tarbiya öqituvçisi) poytaxtda «Baxtli maktab» loyihasining «Mustahkam oila» dasturi böyiça öqitiladi.

Mutaxassislar örgangan dasturlari böyiça öz maktablarida öquvçilar va ularning ota-onalari bilan 7 hafta davomida ota-ona va farzand örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaşga qaratilgan treninglar olib borişadi. Dars çoğida öquvçi bilan işlaş tajribalarini maktabning pedagogik jamoasiga ham örgatişadi.

Tayanç-trener maktabi mutaxassislari öz hududlaridagi boşqa maktablarga ham bu tajribani örgatişadi.

Hozirga qadar loyihaning dastlabki ikki bosqiçi ötkazilgan, 3- bosqiç hozirda amalda. 2019 yil fevral oyidan boşlab esa törtinçi bosqiçni tatbiq qiliş rejalaştirilgan. Viloyatlardagi Xalq ta'limi boşqarmasida mas'ul koordinatorlar jarayonni nazorat qilib borişadi.