Jahon | 20:13 / 04.12.2018
11257
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela prezidenti Moskvaga tashrif bilan keldi 

Foto: Mettsel/TASS

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning samolyoti Moskvadagi aeroportlardan biriga qo‘ndi. 

4 dekabrga o‘tar kechasi Maduro Rossiyaga jo‘nayotganini e'lon qilgandi. U “prezident Putin bilan juda muhim uchrashuv belgilangani"ni ma'lum qilgan.

O‘z navbatida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 5 dekabrga Rossiya va Venesuela yetakchilari o‘rtasida muzokaralar o‘tishi rejalashtirilganini tasdiqlagan.

Vladimir Putin yordamchisi Yuriy Ushakov muzokaralar Rossiya va Venesuela o‘rtasidagi mavjud munosabatlar, strategik xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgani, unda savdo va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishini ma'lum qilgan.  

Putin va Maduro oxirgi marta 2017 yil oktabrda Moskvada uchrashishgan.  

Mavzuga oid