Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda O‘zbekiston - Kuvayt hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi
2018 yilning 4 dekabr kuni Al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Kuvayt davlati Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalarining uchinchi siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, maslahatlashuvlarda O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Kuvayt delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymon as-Said boshchilik qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Kuvayt muloqotining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Kuvayt ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, unga ko‘p qirrali tus berish uchun sezilarli salohiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.
Parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi sohalar istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqildi.
Turli jabhalarda, jumladan, O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasiga biriktirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomonning ham manfaatdor ekanligi e'tirof etildi.
Suhbatda 2019 yil iyunda hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi. Mazkur komissiya o‘zaro savdoni sezilarli darajada oshirishda, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida aloqalarning faollashtirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi vazirliklararo maslahatlashuvlarda ishtirok etish doirasida Al-Kuvayt shahrida Kuvayt moliya vaziri Naif Falah al-Hajraf, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (QAITF) bosh direktori Abdulvahab al-Badr bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zaro aloqalarni kengaytirishning aniq masalalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
09:38 / 07.04.2026