Jahon | 15:37 / 05.12.2018
19035
2 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun Tinch okeanida to‘fonlar tez-tez yuzaga keladi?

Foto: CC

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari boshiga yog‘ilgan, hamma yerni vayronaga aylantirgan chiroyli nomga ega tropik to‘fonlar haqidagi ma'lumotlar tez-tez qulog‘imizga chalinadi. Yer sharining boshqa mintaqalarida nisbatan tinch, masalan, Atlantik okeani qirg‘oqlarida kuchli to‘fonlarning sodir bo‘lishi – kam kuzatiladigan holat.

Foto: ESA

Tinch okeanida ko‘plab to‘fon va toshqinlarning sodir bo‘lishining asosiy sababi suvning haroratidir. Uning o‘rtacha yillik ko‘rsatkichi 19,4 °S, ayrim hududlarda esa 29 °S darajaga ham yetadi!

Foto: AFP

Isigan suvning katta maydoni suv bug‘ining ulkan hajmda hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. U esa atmosferaga ko‘tarilib, bulutga kondensatsiya bo‘ladi, keyin esa to‘fon shamollari va suvdagi katta to‘lqinlarni qo‘zg‘atib, yog‘ingarchilik ko‘rinishida yerga tushadi. O‘zining kuchini qo‘llab-quvvatlash uchun bu kabi to‘fonlar nam havo bilan doimiy to‘yinishi lozim, shuning uchun quruqlikda siklon darhol o‘z kuchini yo‘qotadi.

Mavzuga oid