Irlaniyaning qariyb 400 ming aholisi Britaniya orollariga yopirilgan «Dara» töfoni oqibatida elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi.
Respublika meteorologiya xizmati ma’lumotlariga köra, mamlakatning ayrim hududlarida, jumladan, Goluey grafligida kuçli şamol kuzatilmoqda. Ba’zi joylardan qulagan daraxtlar va trassalar avtomobillar harakati uçun yopilib qolgani töğrisida xabarlar kelib tuşmoqda. Temiryöl hamda avtobus qatnovlarida ham jiddiy uzilişlar sodir bölgan.
Dublin aeroportida bir neçta aviareys — «Dara»dan jabr körgan qöşni Buyuk Britaniyaga uçadigan deyarli barça aviaqatnovlar bekor qilingan. Uelsda ob-havo şaroiti tufayli xavfning qizil darajasi saqlanib turibdi, aholiga köçalarga çiqmaslik, transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya qilinmoqda.
Elektr energiyasi tarmoğidagi uzilişlar Uels, Angliya janubi-ğarbi va Ğarbiy Midlends grafligida 55 ming xonadonning elektr ta’minotisiz qolişiga olib kelgan.
Butun mamlakat böylab 7 dekabr sanasiga rejalaştirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Bundan taşqari, bir qança futbol bellaşuvlari, jumladan, «Everton» va «Liverpul» örtasidagi matç ham ötkazilmaydigan böldi.








