Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada 2019 yil uchun prezident saylandi
2019 yil uchun Shveytsariya prezidenti etib moliya vaziri va Shveytsariya xalq partiyasi raisi Ueli Maurer saylandi. Bu haqda Basler Zeitung nashri xabar berdi.
Maurer nomzodini byulletenlari haqiqiy deb topilgan 209 deputatdan 201 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Ta'kidlanishicha, bu natija Shveytsariya prezidenti saylovlarida qayd etilgan eng yaxshi natijalardan biridir.
Maurer ikkinchi marta mamlakat prezidenti etib saylanmoqda. Uning birinchi muddati 2012 yilga to‘g‘ri kelgan.
Shveytsariya prezidenti hukumat a'zolari o‘rtasida “tenglar orasida birinchi” tamoyiliga ko‘ra tanlanadi. Har bir vazir 7 yil ichida kamida bir marta prezident bo‘ladi.
Shveytsariya prezidenti davlat rahbari hisoblanmaydi, chunki rahbar vazifalarini Federal kengashning barcha a'zolari birgalikda bajaradilar. Biroq prezidentning ovozi hukumat darajasidagi masalalarni muhokama qilishda hal qiluvchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
09:45 / 17.06.2026