Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar biznes markazlari qurilishiga investitsiya qanday kiritiladi?
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 962-son qarori bilan yosh tadbirkorlar uchun kovorking markazlari va komplekslar qurilishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi, shuningdek yoshlar biznes-loyihalariga “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish mexanizmi tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish prezidentning 26.07.2018 yildagi PF-5466-son farmoni bilan qabul qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida nazarda tutilgan. Davlat dasturi 2018 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida amalga oshirilmoqda va yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha butun chora-tadbirlar spektrini nazarda tutadi:
• yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
• band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish;
• chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish;
• davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlarini, shuningdek savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun mehnat kuchi haddan ziyod bo‘lgan tumanlarda "Yoshlar mehnat guzari" komplekslarini qurish;
• Davlat dasturi tadbirlarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) va uning tuman va shahar filiallarini tashkil etish.
Qabul qilingan hujjat yuqorida ko‘rsatilgan kovorking markazlari va komplekslarni qurish va faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek Jamg‘armaning yoshlar tadbirkorligi loyihalarida ishtirok etish mexanizmini belgilaydi.
Ma'lumot uchun. «Yosh tadbirkorlar» kovorking markazlari yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga beradi, Internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, ularga biznes-rejalar ishlab chiqishda yordam beradi, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatadi, forumlar, master-klasslar va seminarlarni tashkil etadi.
“Yoshlar mehnat guzari” komplekslari chakana savdo va maishiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun yoshlarga imtiyozli shartlarda ijaraga joy ajratadi.
DXSh kovorking markazlari va komplekslarni qurish (joylashtirish) uchun asos bo‘ladi. Bitim tomonlari – tuman (shahar) hokimligi va tadbirkorlik sub'yekti.
Hokimliklar qurilish uchun xususiy investorlarga, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali yer uchastkalari yoki bo‘sh turgan binolarni ajratadi.
Ariza berish va ko‘rib chiqish mexanizmi
Shunday DXShda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar tuman hokimligiga ariza bilan murojaat qilishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
• yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma, pasport nusxasi – jismoniy shaxslar uchun;
• kovorking markazlari va guzarlar qurish yoki joylashtirish uchun mo‘ljallangan yer uchastkasi yoki bo‘sh turgan bino to‘g‘risida ma'lumot;
• yer uchastkasiga (binoga) bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma - agar qurilish xususiy sherik mulki negizida amalga oshirilsa;
• eskiz loyihaviy taklif hujjatlari (agar zarurat bo‘lsa).
Berilgan arizalar 2 ish kuni ichida quyidagilarga asosan ko‘rib chiqiladi:
• taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligi;
• loyiha hisob-kitoblarining asoslanganligi hamda iqtisodiy samaradorligi;
• loyihani amalga oshirishda xususiy sherikning moliyaviy holati;
• kovorking markazlari tuman markazida, mehnat guzarlari esa ishsiz yoshlar soni ko‘p bo‘lgan aholi punktlarida tashkil etilishi.
Shundan keyin materiallar yer uchastkasi ajratish qismida “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi hududiy organiga, bo‘sh turgan davlat obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish qismida esa Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasiga yuboriladi.
Xususiy investorlarda qurilish qiymatining 30%igacha miqdorda Jamg‘arma mablag‘larini o‘z loyihasi uchun jalb etish imkoniyati mavjud. Arizalar zarur hujjatlar paketi bilan har oyning 5-kuniga qadar Jamg‘armaning tuman filiallari tomonidan qabul qilinadi.
Jamg‘arma yoshlar biznesiga yordam beradi
Buning uchun u tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun ular qiymatining 50%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratadi, keyinchalik Jamg‘arma ulushi 5 yil mobaynida realizatsiya qilinadi.
Bunday imtiyozga:
• Davlat dasturi doirasida biznesni boshlash istagida bo‘lgan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yosh tadbirkorlar;
• 50% va undan ko‘proq muassislari yoshlardan iborat bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari;
• yaratiladigan ish o‘rinlarining 70%idan kam bo‘lmagan qismini 5 yil mobaynida yoshlarni ish bilan ta'minlash uchun taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan tadbirkorlik sub'yektlari, jumladan, xorijiy investorlar ega bo‘lishadi.
Arizalar quyidagilarni ilova qilgan holda Jamg‘armaning tuman filiallariga beriladi:
• biznes-reja;
• oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) - yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
• jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi va jamiyatning ta'sis shartnomasidan ko‘chirma - jismoniy shaxslar bundan mustasno;
• taklif etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma va muhandislik inshootlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.
Jamg‘arma tomonidan ma'qullangan istiqbolli loyiha har oyning 20-kuniga qadar Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. U har oyning 25-kuniga qadar yakuniy qaror qabul qiladi. Kuzatuv kengashining ijobiy qarori Jamg‘arma filiali va tadbirkor o‘rtasida (mas'uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas'uliyatli) jamiyat ta'sis shartnomasini tuzish uchun asos hisoblanadi.
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng Jamg‘arma uning filiali so‘roviga asosan jamiyat ustav fondiga (kapitaliga) belgilangan Jamg‘arma ulushini pul mablag‘lari (milliy valyutada) ko‘rinishida ajratadi.
Hujjat 28.11.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026
Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ilk a’zolari e’lon qilindi
17:50 / 16.06.2026