O‘zbekiston | 13:17 / 06.12.2018
3595
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekkino» milliy agentligi Xitoyning mashhur kinokompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

Foto: KUN.UZ

«O‘zbekkino» milliy agentligi va «Uzbekistan film holding» kompaniyasi xitoylik taniqli kinoprodyuser Lo Xao boshchiligida O‘zbekistonga kelgan «Hunan Heguang Media Co Ltd» kinokompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda bir nechta loyihalarga kelishib olishdi.

Xitoylik kinosan'at ustalari bilan hamkorlik «Bir yo‘l, bir kamar» loyihasi doirasida madaniy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, O‘zbekiston va Xitoy kinosanoati vakillari «Uch shahar» loyihasi va «Qahramon» badiiy filmlarini hamkorlikda ishlash, kino va seriallar, televideniye uchun videomateriallar tasvirga olishda o‘zaro tajriba almashishadi.

Xitoy kinosanoati vakillarining O‘zbekistonga tashrifi davomida «Orange Sky Golden Harvest Group» va «Hunan Mango Studios» kinokompaniyalarining filmlari - «Janob suv odami», «O‘tinchi Lyu Xay», «Zulmatdagi qora jang» kabi kartinalarni taqdim etish rejalashtirilgan.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu kinokompaniyalar o‘z vaqtida Bryus Li va Jyeki Chan qatnashgan filmlarni ham suratga olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid