O‘zbekiston | 08:28 / 07.12.2018
6635
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatining irrigatsiya va melioratsiya tizimi yaxshilanadi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019–2021 yillarda Toshkent viloyatining irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash dasturi tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, bu Toshkent viloyatidagi ekin maydonlarining suv ta'minotini yanada yaxshilash, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, sohani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti 2019 yil va keyingi yillarda:
  
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Dasturga kiritilgan irrigatsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish;

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjyeti mablag‘lari hisobidan Dasturga kiritilgan irrigatsiya obektlarini ta'mirlash-tiklash; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Dasturga kiritilgan meliorativ obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta'mirlash-tiklash ishlari uchun talab etiladigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratilishini inobatga oladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti, Toshkent viloyati hokimligi:

Dasturga kiritilgan loyihalarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydilar;

yil yakunlari bilan keyingi yilning 20 yanvariga qadar dastur ijrosi va uning natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tumanlar kesimida  tahliliy ma'lumotlarni taqdim qilib boradilar.

Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tumanlar hokimliklari  hamda fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasini ikki oy muddatda ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid