Jahon | 09:03 / 08.12.2018
7460
2 daqiqa o‘qiladi

ADT bosh kotibi: Venesueladagi qiynoqlarda minglab kubaliklar ishtirok etmoqda

Foto: AP

Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) bosh kotibi Luis Almagroning ma'lum qilishicha, Venesuela va Nikaragua hududida minglab kubaliklar qiynoqqa solish ishlarida ishtirok etgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuelada odamlarni qiynoqqa solish paytida taxminan 46 ming kubalik qatnashgan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, kubaliklarga Venesuelada qiynoqqa solish va qatag‘on qilish usullari «o‘rgatilmoqda».

Almagroning ta'kidlashicha, Kuba «demokratiya va inson huquqlari dushmani» hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh yana bir davlatni terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritmoqchi ekani xabar qilingandi.

Washington Post xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Venesuelani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida e'lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Ta'kidlanishicha, ro‘yxatda «xalqaro terrorizm aktlariga bir necha marta qo‘llab-quvvatlov taqdim etishda» ayblanayotgan davlatlar bor. Hozir unga Shimoliy Koreya, Eron, Sudan va Suriya kiritilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid