Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati 2019 yilda qancha fuqaroni xorijiy davlatlarda ishga joylashtirishni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘ldi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “2019 yilda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish Davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan 2019 yilda aholi bandligiga ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Yo‘nalishlardan birida aytilishicha, 30,2 ming nafar ishsizlarni Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasbga tayyorlash va qayta o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasi shakllantiriladi.
Shuningdek, 49,9 ming nafar ishsizlar Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobiga haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati 2019 yilda 200,4 ming nafar fuqaroni xorijiy davlatlarda ishga joylashtirishni rejalashtiryapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qilish uchun vaqtinchalik mehnat patenti joriy etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
20:00 / 08.06.2026
Bitiruvchilarining bandligini oshirishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi
17:50 / 09.02.2026