«2026 yilda hududlarni yangiça yondaşuvlar asosida rivojlantiriş orqali aholi daromadini oşiriş, barqaror iş örinlarini yaratiş hamda kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga köra, hokim yordamçisi xatlovi asosida aniqlangan norasmiy bandlik holatlari böyiça ularni bartaraf etiş yuzasidan «Yagona milliy mehnat tizimi»da iş beruvçilarning şaxsiy kabinetiga Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ogohlantiriş xati yuboriladi.
Iş beruvçi tomonidan aniqlangan qonunbuziliş holati 3 iş kuni içida ixtiyoriy ravişda bartaraf etilmagan taqdirda, uşbu holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekşiriş ötkaziş uçun asos hisoblanadi.
Norasmiy bandlik holati aniqlangan kundan boşlab 1 oy muddat içida iş beruvçi xodimlar bilan mehnat şartnomasini rasmiylaştirib, hisoblangan oylik iş haqini töliq tölab bergan taqdirda, ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
2026 yil 1 martdan tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlaşda quyidagi qonunbuziliş holatlari ballarni kamaytiruvçi qöşimça mezon sifatida belgilanadi:
- tasdiqlangan norasmiy bandlik holatlari;
- xodimlarga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan past oylik iş haqlarining hisoblanişi.








