Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt amiri Fors ko‘rfazi davlatlarini o‘zaro malomatlar yog‘dirishni to‘xtatishga chaqirdi
Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad Al Jabbor arab davlatlarini Qatar bilan mojaro sababli matbuotda bir-birlariga malomatlar yog‘dirishni to‘xtatishga chaqirdi.
“Fors ko‘rfazi davlatlari birdamligini saqlab qolish va ularning farovonlashuviga ko‘maklashish pozitsiyamizdan kelib chiqib, tamoyillarimizga zarba bergan va jamiyatimizda adovat urug‘ini sochgan axborot kampaniyalarini to‘xtatishga chaqiramiz”, deb aytgan Kuvayt amiri Fors ko‘rfazi arab davlatlari xavfsizlik kengashining 39-sammiti ochilishida.
Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Qatar bilan 2017 yil iyunda diplomatik aloqalarni uzgandan keyin Qatar rahbariyatiga qarshi OAVda kampaniya boshlagan. Qatar ham chetda qolmay, matbuotda qo‘shni davlatlarga ta'nalar bildirib, ularning Dohaga qarshi qabul qilgan qarorlarini tanqid qilgan.
OAVda o‘zaro ta'nalar bildirish joriy sammit oldidan yanada kuchaydi. Bunga esa Qatar amirining Saudiya Arabistoni qiroli taklifiga qaramay, sammitga o‘zi bormay, o‘rniga pastroq darajadagi amaldorni yuborgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026