Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar «avtomashina raqamini almashtirish» operatsiyasini fosh qilishdi
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Mamay qishlog‘idagi aylanma yo‘lda to‘xtab turgan fuqaro E.B. boshqaruvidagi qo‘shni davlat raqamiga ega bo‘lgan «VAZ-2106» rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish natijasida avtomashina aslida O‘zbekiston Respublikasi davlat raqamiga ega ekanligi hamda uning saloni va yukxonasida muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, qiymati 7,5 million so‘mlik banan va noklar hamda energetik ichimliklar ortilgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026
Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin
20:03 / 02.05.2026