Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston hukumati O‘zbekiston bilan kosmosni tadqiq qilish bo‘yicha bitimni tasdiqladi
Hindiston hukumati O‘zbekiston bilan tinch maqsadlarda kosmosni tadqiq etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.
Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi Hindiston hukumati yig‘ilishida bitimni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida tinch maqsadlarda kosmosni tadqiq qilish to‘g‘risidagi bitim 2018 yil 1 oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi doirasida imzolangan.
Ushbu hujjat ikki mamlakat o‘rtasida kosmik texnologiyalar, sun'iy yo‘ldosh aloqalari, kosmik tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi.
Davlatlar qo‘shma chora-tadbirlar rejasi va ushbu hujjatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadigan ishchi guruh tuzadi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026