Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov AQShning Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha elchisini qabul qildi
Foto: TIV axborot xizmati
2018 yilning 10 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Odam savdosini monitoring qilish va unga qarshi kurashish sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Jon Richmondni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston - AQSh hamkorligining ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
So‘nggi ikki yil davomida ikki tomon kun tartibining muhim qismi hisoblangan inson huquqlarini himoya qilish mavzusi bo‘yicha muloqotda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida o‘zaro tushunish va ishonchga erishildi. Bunga esa 2017-2021 yillarda taraqqiyot strategiyasini tatbiq etish doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘l ochmoqda.
Jon Richmond O‘zbekistonda bolalar mehnatiga to‘liq barham berishda erishilgan o‘zgarishlar va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha hukumat tomonidan qabul qilingan ijobiy natijalarni qayd etdi.
Ushbu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
23:15 / 09.04.2026
Isroil Livan bilan muzokaralar boshlashini e’lon qildi
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
19:16 / 09.04.2026
Eronda AQSh zarbalari boshlanganidan beri halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi
08:54 / 09.04.2026