Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suleyman Kerimovning samolyoti sotuvga qo‘yildi
Rossiyalik milliarder va senator Suleyman Kerimov foydalanib kelgan navbatdagi samolyot sotuvga qo‘yildi. Bu haqda forbes xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, sotuvga qo‘yilgan Bombardier Global Express XRS samolyoti 2006 yilda ishlab chiqarilgan. Samolyot Bermud orollarida ro‘yxatga olingan bo‘lib, Nyu-Jyersi (AQSh)da turadi va 21,95 mln dollarga sotuvga qo‘yilgan.
Bu Kerimovga tegishli yagona samolyot emas. O‘tgan yil oxirida Malmberg Aviaton aviabrokeri saytida milliarderga qarashli Boeing BBJ2 avialayneri sotuvga qo‘yilgandi.
Ta'kidlanishicha, Kerimovning samolyotlarini sotishiga AQSh moliya vazirligi tomonidan 2018 yil aprelda unga qarshi joriy etilgan sanksiyalar sabab bo‘lgan.
Shuningdek, sanksiyalarga tushgan UC Rusal rahbari Oleg Deripaska uchta Gulfstream G550 samolyotidan voz kechishga majbur bo‘lgan, samolyotlar 30 mln dollardan sotuvga qo‘yilgan. Volga Group egasi Gennadiy Timchenko ham sanksiyalar sababli qiyin ahvolda qolgan. Gulfstream kompaniyasi shartnomaviy majburiyatlarni bajarmay qo‘yganligi uchun u Gulfstream G650 samolyotidan foydalana olmayapti.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026