Sport | 21:50 / 11.12.2018
3841
1 daqiqa o‘qiladi

Yahyo Ture «Olimpiakos»ni tark etdi – u jamoada atigi 4 oy o‘ynadi

Gretsiyaning «Olimpiakos» klubi va yarimhimoyachi Yahyo Ture o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishdi.

Ivuarlik 35 yoshli futbolchi Pirey shahri klubiga 2018 yil sentabr oyida o‘tgan edi. Shu vaqtgacha u atigi 5ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Yahyo Ture faoliyatining asosiy qismini «Manchester Siti» klubida o‘tkazgan va 2018 yil yozida jamoani tark etgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid