Kot D'Ivuar terma jamoasi yarimhimoyaçisi Yahyo Ture erkin agent maqomida «Olimpiakos» klubiga ötdi.
Futbolçi «Mançester Siti»dagi 8 yillik faoliyatidan söng, mavsum oxirida klubni tark etgandi.
Avvalroq, Turening «Vest Hem» yoki «Fulhem» klublariga ötişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, bu transferlar amalga oşmay qoldi.
Eslatib ötamiz, Yahyo Ture faoliyati davomida «Beveren», «Metallurg Donetsk», «Olimpiakos», «Monako» va «Barselona» klublarida ham öynagan. Kot D'Ivuar terma jamoasi tarkibida 102ta öyinda maydonga tuşib, 19ta gol urgan.












