Yevropa Chempionlar Ligasida saralash bosqichi 4-raundining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Javob o‘yinlaridan so‘ng “Olimpiakos“, “Tsrvena Zvezda“ va “Dinamo“ Zagreb klublari YeChLning guruh bosqichiga yo‘l olishdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragan “Rusenborg“, “Yang Boyz“ va “Krasnodar“ jamoalari esa Yevropa Ligasi guruh bosqichida o‘z yurishlarini davom ettirishadi.
Bugun – 28-avgust kuni pley-offning so‘nggi 3ta o‘yini bo‘lib o‘tadi va guruh bosqichiga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo‘ladi.
YeChL, Pley-off
27 avgust
Javob o‘yinlari
Krasnodar – Olimpiakos 1:2
Gollar: 1:0 – 10 Utkin, 1:1 – 11 El-Arabi, 1:2 – 47 El-Arabi.
Birinchi o‘yin – 0:4
Rusenborg – Dinamo Zagreb 1:1
Gollar: 0:1 – 11 Akintola, 1:1 – 71 Goyak.
Birinchi o‘yin – 0:2
Tsrvena Zvezda – Yang Boyz 1:1
Gollar: 1:0 – 59 Vukanovich, 1:1 – 81, avtogol Ben-Nabuan.
Birinchi o‘yin – 2:2
28 avgust
Ayaks – APOEL
(Birinchi o‘yin – 0:0)
Slaviya – Kluj
(Birinchi o‘yin – 1:0)
Bryugge – LASK
(Birinchi o‘yin – 1:0)