O‘zbekiston va Qatar beshkurash federatsiyalari o‘rtasida memorandum imzolandi

Bugun O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi va Qatar beshkurash federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi 2017 yilning fevral oyida tashkil qilingan bo‘lib, unda sportchilar ot sporti, qilichbozlik, o‘q otish, yugurish va suzish bo‘yicha bellashadi.
– O‘zbekiston beshkurash federatsiyasining birinchi hamkorlik memorandumi aynan biz bilan imzolanayotgani ham sharaf, ham mas'uliyat, – degan Qatar beshkurash federatsiyasi prezidenti Badir al Darvesh. – Ushbu hujjat bizga har ikki mamlakat beshkurash federatsiyalari uchun birdek foydali bo‘lishiga ishonamiz. Har ikki mamlakat federatsiyalari beshkurash sport turlari bo‘yicha olimpiadaga chiqish va unda munosib ishtirok etishni maqsad qilgan. Bugun imzolangan memorandum bu boradagi ishlarda muhim hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur hamkorlik doirasida ikki mamlakat sportchilarining malakasini oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan bo‘lib, nafaqat sportchilar, balki murabbiylar ham o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
– Federatsiya rahbari sifatida o‘zimning ilk oltmish kunlik ish rejamni ishlab chiqqanman, – deydi O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahrom Gazziyev. – Shulardan birinchisi – Qatar beshkurash federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik bitimini imzolash edi va bugun mana shu maqsadga erishdik. Shu kunlarda Qozog‘iston beshkurash federatsiyasi bilan ham o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolaymiz. Bu orqali sportchilarimizning malakasi va mahoratini yanada oshirishga harakat qilyapmiz. Asosiy maqsad – Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritish va unda munosib ishtirok etish.
Ma'lumot uchun, beshkurash sport turi ilk marotaba 1912 yili Stokholm mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida dasturga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

01:40 / 27.03.2025