Tasavvur qiling: şifokor uyingizga kelib, yurak-qon bosimini ölçayapti. Keyin, xonadondagi barça bilan suhbat qilib, köp savollar beradi. Töğri ovqatlaniş, muşak va qon aylanişi böyiça foydali maslahatlarni aytadi. Kasallik xavfi yuqori bölgan kişini esa zudlik bilan poliklinikaga murojaat etişga undab, u haqda batafsil ma'lumotlarni yozib oladi. Aynan şunday tizim, ya'ni uyma-uy yurib aholini davolaş - patronaj usuli Kubada yölga qöyilgan. Bu endi Özbekistonda ham joriy etildi. Jamoat soğliğini saqlaşda Kuba erişgan natijalarni Özbekiston ham takrorlay olişi mumkinmi? Agar ikki mamlakat aholisini umumiy öxşaş tomonlarini inobatga olsak, javob - ha. Negaki, Kubada ham aholining tibbiy savodxonligi past bölgan, ular kasal bölib, töşakka yotib qolmagunça, şifokor körigiga bormagan.

Video: Youtube.com

Video: Tas-IX

AQŞ soğliqni saqlaş uçun aholi jon boşiga 8553 dollar sarflasa, Kuba aholi jon boşiga qariyb 431 dollar xarajat qilgan holda, jamoat soğliğini saqlaşda Amerikadan yaxşi natijaga erişmoqda.

Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti sobiq Boş direktori Margaret Çan uşbu natijaning kaliti “Kuba tibbiyoti kasallikni profilaktika qilişga ixtisoslaşganida”, deb izohlagan. Şunga monand, Kuba konstitutsiyasida tibbiy xizmatdan foydalaniş bepul ekani, sifatli tibbiy xizmat körsatilişi davlat tomonidan kafolatlangani bitilgan. Bu sizga Özbekiston boş qomusidagi sözlarni ham eslatyaptimi?

Kubada asosiy va katta işni tez tibbiy yordam şifokorlari va oilaviy umumiy amaliyot şifokori bajaradi. Agar şaxsning ahvoli qoniqarsiz, deb topilsa, u tor mutaxassislikdagi şifokor qabuliga borişi şart. Mamlakatda esa yuqori malakali şifokorlar köp. Masalan, 11 million aholiga 90 ming şifokor jamoasi xizmat körsatişga tayyor. Boşqaçaroq aytadigan bölsak, har ming kişiga 8 nafar şifokor töğri keladi va şunday körsatkiçda eng yaxşi natijalardan biri aynan ularga tegişli. Negaki, Buyuk Britaniyada har ming kişiga 2,7 nafar şifokor, AQŞda esa 2,5 nafar oq xalat egasi töğri keladi.

Tibbiy suğurta yaxşi rivojlanmagan, jamoat soğliğini saqlaş prinsiplari böyiça işlayotgan ayrim davlatlarda aholining tibbiy savodxonligi past ekanligi kuzatiladi, vaholanki, kişilar kasallikka çalinib, holat oğirlaşmagunça, şifokor körigiga bormaydi. Patronaj tizimining ijobiy tomoni şundaki, kasalliklarni profilaktika qiliş bilan birga, aholining tibbiy savodxonligini oşiriş imkoni ham paydo böladi. Masalan, ular şifokor bilan bevosita muloqotda bölişi mumkin. Şuningdek, patronaj tizimida şifokorlar kasalliklarning turi va geografik jinsiga qarab, kategoriyalaştirib boradi. Xavfni keltirib çiqaruvçi omillar bilan kuraş boşlanadi.