Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada ishlab chiqilgan yangi vertolyotni taqdim qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hukumatning ikkinchi 100 kunlik harakatlar rejasi bilan chiqishi vaqtida Turkiyada ishlab chiqilgan ko‘p maqsadli T625 Gökbey vertolyotini taqdim qildi. Erdo‘g‘anning nutqi so‘ngida uning orqasida parda ko‘tarilib, vertolyot paydo bo‘lgan.
“Bu bizning Gökbey vertolyoti (turkcha “Janob Osmon”). Yoqdimi? Nomi-chi? U osmon xo‘jayini bo‘ladi. Yaqin orada uni seriyali ishlab chiqarishni boshlaymiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Ikki dvigatelli T625 vertolyotini yaratish ustida ishlar 2013 yildan beri olib borilgan. Vertolyot Türk Havacılık ve Uzay Sanayii AŞ (TUSAŞ) kompaniyasi tomonidan Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati bilan muvofiqlikda yaratilgan bo‘lib, tez yordam brigadalarini tashish, kunning istalgan vaqti va murakkab ob-havo sharoitlarida qidiruv-qutqaruv ishlari hamda yong‘inga qarshi operatsiyalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
10:18 / 29.06.2026