Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda ovqatdan zaharlanishdan 7 kishi halok bo‘ldi
Hindiston janubidagi tadbirda tortilgan taomdan zaharlanish sababli 7 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ko‘proq kishi jabrlandi. Bu haqda Times of India nashri ma'lum qildi.
Voqea Karnataka shtatidagi Chamrajnagar okrugidagi ibodatxona hududida gopurama (minora) qurilishi sharafiga o‘tkazilgan marosimda yuz bergan. Ta'kidlanishicha, tadbir ishtirokchilari vegetarian palovdan zaharlanishgan.
Jabrlanuvchilar shifoxonalarga yetkazilganlar, 11 kishi og‘ir ahvolda qolmoqda.
“Taxminan peshin vaqtida tadbir ishtirokchilariga palov tortilgan. Tushlikdan keyin odamlar qayt qilib, hushidan keta boshlagan. Ularning barchasi shifoxonalarga yetkazilgan”, deb ma'lum qilingan politsiyada.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu taomdan zaharlangani ehtimol qilinayotgan 60 ga yaqin qush o‘lik holda topilgan.
Mavzuga oid
18:30
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
09:30 / 23.06.2026
Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan uch fuqaro qutqarildi
18:39 / 16.06.2026