Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda gaz-ballon uskunalar sinov markazlarini tashkil etmoqchi
Innovatsion rivojlanish vazirligining Transport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasida Koreyaning “SMC Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonda gaz-ballon uskunalarni sinovdan o‘tkazish va avtotransport vositalarini texnik ko‘rigini amalga oshiruvchi markazlarga ega avtoklasterlarni yaratish loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, Koreya Respublikasida gaz balloni portlashi bilan bog‘liq halokat oxirgi marta 2010 yilda bo‘lgan. Qator chora-tadbirlar ko‘rilishi, xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning xalqaro tajribasini o‘rganish natijasida bugunga kunga qadar biror marta shu masalada noxush hodisa yuz bermagan.
“SMC Co., Ltd” kompaniyasi O‘zbekistonning barcha hududlarida gaz-ballon uskunalarini sinovdan o‘tkazuvchi (300 ta laboratoriyadan iborat) va avtotransport vositalarini tekshiruvchi (150 laboratoriyaga ega) Sinov markazi hamda biror o‘quv muassasasi qoshida zamonaviy IT-texnologiyalar bilan jihozlangan Nazorat markazini tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
Bu loyihaga Koreya kompaniyasi 50 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishga va o‘zaro manfaatli shartlarda Koreyaning moliyaviy institutlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish yo‘li bilan davlat-xususiy sherikchiligi shaklida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda gaz-ballon uskunasi o‘rnatilgan avtomobillarning portlash holatlari tez-tez kuzatilib turganligini, shuningdek gaz-ballon uskunasi o‘rnatilgan avtomobillardan foydalanishning xavfsizligini ta'minlash tizimi mukammal emasligini inobatga olib, yaqin kunlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi taklif etilgan loyihani muhokama qilish uchun tegishli soha vakillari bilan uchrashuv tashkil etadi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:31 / 18.12.2024
Isyonda ayblanayotgan Janubiy Koreya prezidenti politsiya so‘roqiga kelmadi
21:54 / 17.12.2024
Janubiy Koreya Toshkent-Samarqand temiryo‘lining yangi tarmog‘ini loyihalashtirishni boshladi
16:45 / 17.12.2024
Janubiy Koreyada armiya bosh shtabi boshlig‘i hibsga olindi
11:00 / 17.12.2024