O‘zbekistonliklar uchun Moskvaga qatnovchi navbatdagi poyezd reysi yo‘lga qo‘yildi
2018 yil 14 dekabrdan e'tiboran o‘zbekistonliklar Rossiya poytaxti Moskva shahriga yana bir poyezd tarkibida yo‘lga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Shu kuni kechki 18-54da 350/349–sonli Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd o‘zining ilk qatnovini boshlandi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bugungi kungacha O‘zbekistondan Moskvaga atigi 2ta, 5/6 sonli Toshkent-Moskva hamda 149/150–sonli Andijon-Moskva yo‘nalishida poyezdlar harakati amalga oshirilib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilayotgan edi.
Yangi reys fuqarolar uchun qulaylik taqdim etish maqsadini ko‘zlagani bois, Toshkent markaziy vokzalidan yo‘lga chiqqan ushbu poyezd Samarqand, Navoiy, Buxoro, Nukus shaharlaridan o‘tib, O‘zbekistonning «Qoraqalpog‘iston» temiryo‘l stansiyasi orqali harakatlanadi.
Bu bilan yo‘l-yo‘lakay ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar hamda O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga kelishni istagan sayyohlar uchun ham juda katta qulaylik yaratadi.
Belgilangan jadvalga ko‘ra, yangi Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qatnov haftada bir marta, har juma kuni amalga oshiriladi.
Toshkent-Moskva-Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan 18-54da jo‘naydi va 79 soatdan so‘ng, Moskva vaqti bilan soat 00-00da Rossiya poytaxtining Qozon vokzaliga yetib boradi.
Chiptalar narxlari quyidagicha:
Platskart (227 o‘rin) – 1 196 482 so‘m
Kupe (26 o‘rin) – 1 867917 so‘m
Lyuks (16 o‘rin) – 2 838 347 so‘m
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024