Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Ish beruvchilar konfederatsiyasi tashkil etildi
Ish beruvchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston ish beruvchilari Konfederatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Konfederatsiya vakili ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, «O‘zeltexsanoat» AK, «O‘zto‘qimachiliksanoat» va «O‘zcharmsanoat» assotsiatsiyalari tashabbusi bilan mamlakatda ish beruvchilarning manfaatlarini va qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi tashkil etilgan.
O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasining asosiy vazifalari O‘zbekiston ish beruvchilarining manfaatlarini va qonuniy huquqlarini himoya qilish tizimini tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ish beruvchilarning yuksak ijtimoiy va huquqiy maqomini oshirishga ko‘maklashish orqali mamlakatda ishbilarmonlik faolligini oshirishdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasining faoliyatini moliyalashtirish Konfederatsiya a'zolarining ixtiyoriy a'zolik badallari va pullik xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ta'kidlanishicha, ish beruvchilar Konfederatsiyasi Halqaro mehnat tashkiloti, Halqaro ish beruvchilar tashkiloti, qolaversa O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyalari va boshqa tashkilotlar bilan ijtimoiy-mehnat munosabatlarida ish beruvchilar manfaatida hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026