Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyot bortida topilgan inson yuragi sababli aeroportga qaytarildi
Foto: RIA Novosti
AQShning Southwest Airlines loukosterining Siettl – Dallas reysini bajarayotgan samolyot ekipaji bortda inson yuragi topilgandan keyin aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan.
Ko‘chirib o‘tkazishga mo‘ljallangan organlarni tashish uchun konteyner Siettlga Kaliforniyadan yetkazilgan, biroq qandaydir sabab bilan samolyotdan tushirish yoddan ko‘tarilgan.
BBC’ning ma'lum qilishicha, yurak muayyan mijozga ko‘chirish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lgan. Jarrohlar undan kelgusi protseduralar uchun klapanni chiqarib olishlari kerak bo‘lgan. Biroq kutilmagan topilma samolyot ekipaji sardorini Siettlga qaytishga majbur qilgan, chunki ko‘chirib o‘tkazilishi kerak bo‘lgan organ uzoq saqlana olmaydi.
Aniqlanishicha, bu qaror to‘g‘ri bo‘lgan. Keyinroq transplantatsiya qilinadigan organlarning maxsus markazida ma'lum qilinishicha, organni o‘z vaqtida yetkazishga muvaffaq bo‘lingan va shu sabab uni zarur protseduralarda qo‘llash mumkin. Yurak solingan konteynerni kim va nima uchun samolyotda qoldirgani ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
18:53 / 25.04.2026
Ikki meva kombinatsiyasi yurak salomatligini yaxshilashi aniqlandi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026