Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda «Rossiya aralashuvi» haqida yangi hisobot tayyorlandi - OAV
Foto: REUTERS
AQSh senatining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi uchun Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga «Rossiya aralashuvi» to‘g‘risidagi yangi hisobot tayyorlandi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu hujjat natijalari ijtimoiy tarmoqlardagi millionlab xabarlar va postlarning «eng batafsil tahlili»ga asoslangan.
Ta'kidlanishicha, hisobotda Rossiya Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanishiga yordam berish maqsadida barcha asosiy ijtimoiy media-platformalardan «foydalangani» aytiladi.
Shu bilan birga, «Rossiya kampaniyasi» Trampning g‘alabasidan so‘ng ham uni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya AQSh saylovlariga «aralashuv» bo‘yicha yozishmalarni e'lon qilishga tayyor ekani haqida ma'lumot bergandi.
Rossiyaning kompyuter hodisalari bo‘yicha Milliy muvofiqlashtiruv markazi direktori o‘rinbosari Nikolay Murashov ma'lum qilishicha, Rossiya tomoni AQSh roziligi bilan Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga ehtimoliy «aralashuvi» mavzusi bo‘yicha yozishmalarni e'lon qilishga tayyor.
Mavzuga oid
11:44 / 02.05.2026
Tramp Kongressni Eron bilan urush to‘xtagani haqida xabardor qildi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
22:06 / 01.05.2026
AQSh O‘zbekistonga 26 migrantni deportatsiya qildi
21:58 / 01.05.2026