Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQShni Frot sharqidan kurd tuzilmalarini olib chiqib ketishga chaqirdi
Turkiya AQShni Suriyadagi Frot sharqidan kurd tuzilmalarini olib chiqib ketishga chaqirdi, aks holda Anqara u yerda operatsiya o‘tkazadi, deb ma'lum qildi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘an.
O‘tgan haftada Erdo‘g‘an turk armiyasi Frot daryosi sharqidagi suriyalik kurd tuzilmalariga (YPG) qarshi operatsiya boshlashga tayyorligini bildirgandi.
"Biz Tramp bilan gaplashdik. Terrorchilar Frot sharqidan ketishlari kerak. Agar ketishmasa, ularni u yerdan yo‘q qilamiz. Chunki ular bizni tashvishlantirmoqda", dedi Erdo‘g‘an Ko‘nyada bo‘lib o‘tgan mitingda.
Anqara Vashingtonni Suriya shimoli-sharqini nazorat qilib turgan kurd guruhlariga qurol yetkazib berishda bir necha bor ayblagandi. Turkiya YPG guruhini terrorchilik tashkiloti deb e'lon qilingan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqadorlikda ayblab keladi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026