O‘zbekiston | 18:54 / 17.12.2018
23779
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishoni ta'sis etildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram-kanalida yozilishicha, mazkur qaror bilan bu bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, mazkur ko‘krak nishoni bilan Qurolli kuchlar tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar, shuningdek O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.

Xizmat burchini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar ham ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishlari mumkin. Bu holatda ko‘krak nishoni va pul mukofoti ularning oila a'zolariga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta'sis etilgandi.

Mavzuga oid