Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada samolyot tahdid haqidagi xabardan so‘ng favqulodda qo‘ndirildi
Avstraliyaning Sidneydan Melburnga uchayotgan Tigerair aviakompaniyasi samolyoti bortida “yozma tahdid” topilgani sababli zudlik bilan ortga qaytishga va qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi New Daily nashri.
Nashrning bildirishicha, parvoz boshlanganidan yarim soatcha o‘tganidan so‘ng samolyot kapitanini tahdid haqida ogohlantirishgan. Samolyot qo‘nishi bilan uni politsiyachilar o‘rab olgan.
Yo‘lovchilarga telefonlarini o‘chirib qo‘yish va joyidan turmaslik aytilgan. Ular samolyotni ikki soatdan so‘ng tark etishgan.
Voqea haqida boshqa batafsil ma'lumotlar keltirilmayapti.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026