Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surishtiruv, tergov yoki sudga majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlar majburiy keltirilgan shaxsdan undiriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
Mazkur nizom surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibini belgilaydi.
Majburiy keltirish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, ryvohning jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini ta'minlash uchun, ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Majburiy keltirishni ijro etish vaqtida qonuniy talablarga qarshilik ko‘rsatilganda ichki ishlar organi xodimi qarshilik ko‘rsatgan shaxsga nisbatan "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq jismoniy kuch, maxsus vosita va o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega.
Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlar majburiy keltirilgan shaxsdan sud tartibida davlat foydasiga undiriladi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganda kelmagan protsess ishtirokchisidan - ishning sudda ko‘rilishi yoki tergov harakatlari o‘tkazilishi uning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasligi oqibatida kechiktirilgan hollarda xam protsessual chiqimlar sud tartibida davlat foydasiga undiriladi.