Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda o‘g‘ri 1,5 mln dollarlik taqinchoqni yutib yubordi
Xitoyda Xou ismli o‘g‘ri 40 ta munchoqdan iborat, narxi 10 mln yuan (1,5 mln dollar) turuvchi nefrit taqinchoqni yutib yubordi. Bu haqda The Siver Post nashri xabar berdi.
Voqea Tszeyan shahrida yuz bergan. 49 yoshli erkak ayol sherigi bilan bir necha kun zargarlik do‘koniga qatnab, nefrit taqinchoqni xarid qilmoqchidek bo‘lib ko‘ringan. U 13 dekabrda do‘konga kelib, taqinchoqni quyoshga tutib ko‘rmoqchiligini aytgan. U ko‘chaga chiqqach, qochib qolgan. Do‘kon xodimlari politsiya chaqirtirishgan va o‘g‘ri ertasi kuni ushlangan.
Erkak qo‘lga olinganda yonidan taqinchoq topilmagan. Shunda politsiyachilar uni rentgendan o‘tkazishga qaror qilishgan. Rentgen tekshiruvi esa o‘g‘irlangan taqinchoq erkakning oshqozonida ekanligini ko‘rsatgan.
Ma'lum qilinishicha, o‘g‘ri avval ham zeb-ziynat buyumlari o‘g‘irlagani uchun qamalib chiqqan.
Mavzuga oid
17:53
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026