O‘zbekiston | 20:40 / 19.12.2018
7360
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada xonadonda yashirin saqlanayotgan marixuana fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tadbir davomida fuqaro R.Yo. xonadoni tekshiruvdan o‘tkazilganida, xonadonning turli qismlariga och yashil rangli o‘tkir hidli giyohvand moddalariga o‘xshash moddalar yashirilganligi aniqlandi.

 Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, topilgan ashyoviy dalillar 774 gramm “marixuana” va 2 gramm “ko‘knori somoni” giyohvandlik moddasi ekanligini tasdiqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid