Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qirg‘iziston kartoshkasining O‘zbekistonda sotilishi bo‘yicha hech qanday muammo bo‘lmaydi» - Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vaziri
Foto: AKIpress
Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vaziri Nurbek Murashev O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan savdo-iqtisodiy hamkorlikning ayrim masalalari haqida so‘zlab berdi.
«Bizda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kartoshka eksporti bilan bog‘liq muammolar bor edi. Bugun ushbu masalani muhokama etdik va hal qildik. O‘zbekiston tomoni bizga 45ta tashkilotdan iborat ro‘yxatni taqdim etdi, u 70tagacha ortishi mumkin. O‘zbekistonda Qirg‘iziston kartoshkasini sotish bilan endi hech qanday muammo bo‘lmaydi. Ayni paytda biz O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olishga qaror qildik», - dedi Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vaziri Nurbek Murashev.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Qirg‘iziston janubida joylashgan sement zavodlaridan mahsulot sotib olishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning xabar qilishicha, Qirg‘izistonning O‘sh viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuv chog‘ida 5 million dollarlik shartnoma imzolangan.
«Qirg‘iziston bilan Andijon viloyati o‘rtasidagi savdo aylanmasi 95 million dollarni tashkil etdi. Bugun biz 5 million dollarlik yana bir shartnoma imzoladik. 2018-2019 yillarga Qirg‘iziston bilan 210 million dollarlik miqdordagi shartnomalarimiz bor», - dedi Shuhratbek Abdurahmonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorlik rejasini imzolagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
20:09 / 21.05.2026
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
18:27 / 19.05.2026
Rossiya tarixchilari Qirg‘izistondagi darsliklardan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib tashlashni so‘radi
18:03 / 19.05.2026