18 dekabr kuni Öşda bölib ötgan, Özbekiston va Qirğizistonning çegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengaşi ikkinçi yiğilişi yakunlandi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov Qirğiziston boş vaziri Muhammadkaliy Abilğoziyev bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik böyiça yöl xaritasini imzoladi.

Qirğiziston hukumati bayonotida aytilişiça, hamkorlik rejasida savdo va sanoat işlab çiqariş sohasi, karantin va veterinariya sohalaridagi hamkorlik, bojxona jarayonlarini soddalaştiriş, xalqaro hamkorlik va boşqa masalalar böyiça aniq qadamlar hamda muddatlar belgilangan.

Özbekiston va Qirğiziston çegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengaşi 2017 yil sentabr oyida, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi doirasida imzolangan bitimga muvofiq taşkil etilgan.

Kengaşning birinçi yiğilişi joriy yil 29-30 mart kunlari Farğona viloyatida bölib ötdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston va Qirğiziston boş vazirlari tor tarkibda uçraşuv ötkazgani xabar qilingandi.