Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fazoda favqulodda vaziyatga uchragan «Soyuz MS-09» kemasi ekipaji Yerga qaytdi
Foto: ROSKOSMOSA
“Soyuz MS-09” qurilmasi Qozog‘iston hududiga qo‘nib, Xalqaro koinot stansiyasidagi missiyasini yakunladi. Yerga rossiyalik fazogir Sergey Prokopev hamda Yevropa koinot agentligi va NASA fazogirlari Aleksandr Gerst va Serina Aunyon-Chensellor qaytdi.
Kema XKS tarkibida iyundan beri bo‘lgan. Kema ekipaji XKSda bo‘lgan vaqtda ilmiy-amaliy tadqiqotlar bajargan va stansiyani yangi qurilmalar bilan jihozlash ishlarini olib borgan. Kema 20 dekabrga o‘tar kechasi XKSdan ajralgan.
Avgust oxirida kema bilan mojaro chiqqan: stansiya ekipaji havo sizib chiqayotganidan darak beruvchi bosimning sekin-asta pasayotganini payqagach, kema shpanguotida 3-4 mmlik teshik topilgan. U Yerga tushiriluvchi qurilmada emas, balki maishiy bo‘lmada topilgan, shu sababli favqulodda vaziyat kemaning Yerga qaytishiga xavf solmagan. Rossiyalik fazogirlar teshikni germetik yordamida bartaraf etishgan.
Teshikning paydo bo‘lishi bo‘yicha turli taxminlar bildirilgan. Jumladan, u ataylab parmalangani taxmini ham aytilgan.
Ayni vaqtda kema qoplamasiga ichkaridan ham, tashqaridan ham shikast yetkazish versiyasi ko‘rilmoqda. Ikkala holda ham bu qasddan qilingani yoki parmalashda xatoga yo‘l qo‘yilgani taxminlari bildirilmoqda. Kemaning qoplamasidan olingan namunalar tergovga beriladi. Teshik topilgan bo‘lma esa Yerga qaytish vaqtida atmosferaning zich qatlamlarida yonib ketgan.
Mavzuga oid
20:18 / 03.12.2025
Tarixda birinchi marta XKSga bir vaqtning o‘zida 8 ta kosmik kema ulandi
00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda
17:05 / 16.03.2025