Jamiyat | 15:52 / 20.12.2018
13941
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan shaxs yirik o‘g‘rilikni sodir etdi

Illyustrativ foto

Shu yil 1 avgust kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida Mevazor mahallasida yashovchi Sh.Ch. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 29 iyul kuni noma'lum shaxs uyiga kirib, xonasidan 12 mln so‘m puli, 900 AQSh dollari va 4 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navro‘z mahallasida yashovchi,  muqaddam sudlangan A.A. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Tergov davom etmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid