Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston chegara bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
2018 yilning 13-19 dekabr kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasi uchastkasida amalga oshirilgan qo‘shma dala topografik-geodeziya ishlari natijalari ko‘rib chiqildi, 2018 yilda bajarilgan ishlar sarhisob qilindi hamda 2019 yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.
O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiyasi qilishning normativ hujjatlari loyihalari ustidagi ishlar yakunlandi.
Uchrashuv an'anaviy do‘stlik va hamfikrlilik ruhida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Bayonnoma imzolandi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026